1

Xalqaro ozon qatlamini himoya qilish kuniga bag`ishlab  onlayn tanlov o`tkazilmoqda

Jamiyat 01.09.2020, 14:38
Xalqaro ozon qatlamini himoya qilish kuniga bag`ishlab  onlayn tanlov o`tkazilmoqda

Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasi, O`zbekiston Ixtirochi ayollar markazi, Global ekologik jamg`armasi hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi tomonidan 16 sentyabr – Xalqaro ozon qatlamini himoya qilish kuniga bag`ishlab “OZON – HAYoT UChUN!” mavzusidagi ijodiy ishlar onlayn tanlovi o`tkazilmoqda.

Tanlov maqsadi:

– tanlov orqali ozon qatlamini himoya qilish to`g`risida aholining xabardorligini oshirish hamda ona tabiatni, xususan, ozon qatlamini saqlashgabo`lgan munosabatini o`zgartirish;

– tanlov ishtirokchilarini ozon qatlamining ahamiyati va ozon qatlamining emirilishi oqibatlari haqidagi fikrlarni jamoatchilikka etkazish;

– ishtirokchilarni bugungi karantin davrda bo`sh vaqtlaridan unumli foydalanish va rag`batlantirish.

Tanlov 3 ta nominasiya bo`yicha o`tkaziladi:

  • “Eng yaxshi videorolik”
  • “Eng yaxshi maqola”
  • “Eng yaxshi she`r”

“Eng yaxshi videorolik” nominasiyasi bo`yicha ijodiy ishlar ona tabiatni, xususan, ozon qatlamini himoya qilish, ozon qatlamining ahamiyati va ozon qatlamining emirilishini oqibatlari haqidagi davomiyligi
3 daqiqagacha tayyorlangan videorolik tarzida #ozon_qatlami_va_men, #ozon_hayot_uchun yoki #mening_oilam_va_ozon_qatlami xeshteglari ostida Facebook, Instagram hamda boshqa ijtimoiy sahifalarga joylashtirilishi
va @ozonqatlami_bot telegramm-botiga belgilangan tartibda yuborilishi kerak. Videorolikni baholashda syujetning o`ziga xosligi, kreativ yondashuv, yangicha qarashlar va g`oyalar e`tiborga olinadi.

“Eng yaxshi maqola” nominasiyasi bo`yicha mavzuga oid maqolalar «Ozon — hayot uchun!» rukni ostida bosma ommaviy axborot vositalari yoki OAV sifatida rasmiy ro`yxatdan o`tgan internet nashrlarida o`zbek, qoraqalpoq, rus yoki ingliz tillarida chop etilgan bo`lishi zarur.

“Eng yaxshi she`r” nominasiyasi bo`yicha mavzuga oid teran g`oyaga ega, badiiy yuksak, o`ziga xos ijodiy yondashilgan hamda bosma ommaviy axborot vositalari yoki OAV sifatida rasmiy ro`yxatdan o`tgan internet nashrlarda chop etilgan she`rlar qabul qilinadi.

Tanlovga ish topshirish muddati:joriy yilning 10 sentyabr soat 18:00 gacha.

Onlayn tanlovda ishtirok etish uchun muallif quyidagi fayllarni bitta elektron jildda arxivlab @ozonqatlami_bot telegramm-botiga yuborishi kerak:

1. Ariza shakli - Tanlov ishtirokchisining Anketasi.

2. Ijodiy ishining elektron shakli:

- “Eng yaxshi videorolik” uchun avi, mp4 yoki mpeg formatdagi videorolik;

- Ommaviy axborot vositalarida e`lon qilingan she`r yoki maqolaning PDF formati yoki skaner qilingan nusxasi;

- Maqola yoki she`rning internet nashrda chop etilgan manzili;

3. Tanlovda qatnashayotgan ishning Facebook va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan manzili;

4. Pasport (yoki tug`ilganlik haqidagi guvohnoma) elektron nusxasi.

Tanlov va ozon qatlami bo`yicha ma`lumotlar bilan tanishish hamda ishtirokchining anketasini yuklab olish uchunwww.o3.uzsaytiga tashrif buyurish mumkin.

Tanlov g`oliblari hamda faol ishtirokchilar “16 sentyabr — Xalqaro ozon qatlamini himoya qilish kuni”da e`lon qilinadi va diplom hamda esdalik sovg`alar (har bir nominasiya bo`yicha 1-o`ringa televizor, 2-o`ringa - smartfon, 3-o`ringa – aqlli bilaguzuk)bilan taqdirlanadilar.

Tanlov yuzasidan 93-171-70-17, 90-594-24-79 telefon raqamlariga yoki @ozonqatlami_bot telegramm-botiga murojaat qilishingiz mumkin.

Eslatma:Mavzuga aloqador bo`lmagan ishlar tanlovda ishtirok etmaydi. Tanlovga har bir ishtirokchidan faqat bitta ijodiy ish qabul qilinadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1