1

Samarqand shahrining ayrim ko`chalarida avtotransport vositalari harakati 10 kun vaqtinchalik cheklanadi

Jamiyat 01.09.2020, 16:59
Samarqand shahrining ayrim ko`chalarida avtotransport vositalari harakati 10 kun vaqtinchalik cheklanadi

Samarqand viloyati IIB YHXB xabariga ko`ra, oliy ta`lim muassasalariga kirish imtihonlari o`tkazilishi munosabati bilan, 2-12 sentyabr kunlari transport vositalari uchun Samarqand shahrining quyidagi ko`chalarida harakat vaqtinchalik cheklanadi:

-Sattepo massivi Turkiston ko`chasining “Turizm kolleji” oldidagi tutashmasidan, 5-kichik hudud (mikrorayon)ga kirish yo`li tutashmasigacha;

-Kimyogarlar qo`rg`oni Umid ko`chasining Ziyolilar ko`chasi bilan kesishgan chorrahasidan, Madaniyat saroyining oldigacha bo`lgan qismida;

-Islohot ko`chasining Rudakiy ko`chasi bilan kesishmasidan, “Lokomotiv” stadionining kirish qismigacha;

-Depo ko`chasining Arman ko`chasi bilan tutashmasidan, “Lokomotiv” stadionining kirish qismigacha;

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1