1

5 sentyabrdan boshlab juma namozlarini masjidlarda o`qishga, shanba va yakshanba esa jamoat tadbirlarisha ruxsat berildi

Jamiyat 01.09.2020, 17:44
5 sentyabrdan boshlab juma namozlarini masjidlarda o`qishga, shanba va yakshanba esa jamoat tadbirlarisha ruxsat berildi

Respublikada karantin talablarini qisqartirish maqsadida Davlat Rahbari tomonidan berilgan ko`rsatmalarga muvofiq Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qarori bilan quyidagilar ruxsat berildi:

Birinchidan, 2020 yil 5 sentyabrdan boshlab:

✔️ diniy tashkilotlarda jamoaviy ibodatlarni (juma va shanba-yakshanbalik diniy xizmatlar) amalga oshirishga. Bunda ushbu ob`ektlar quyidagi sanitariya qoidalariga rioya etishi talab etiladi:

➖jamoaviy ibodatni o`tkazish uchun tashrif buyuruvchilar o`rtasida ijtimoiy masofani ta`minlash;  

➖diniy tashkilotlar xodimlari va tashrif buyuruvchilarning tibbiy niqobda bo`lishi;  

➖sanitariya-gigiena va dezinfeksiya talablariga qat`iy rioya etish, bino xonalarni doimiy ravishda dezinfeksiya qilish, ularga kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion “to`shak”lar bilan jihozlash;

➖har bir diniy ibodatdan keyin bino (xona) va undagi jihozlarning yuza qismini dezinfeksion vositalar bilan tozalash;

bino va xonalarga, shuningdek, havo aylantirish tizimiga zararsizlantirish anjomlarini (ultrabinafsha lampalar va b.) o`rnatish.

➖tana harorati 370S va undan yuqori bo`lgan yoki infeksiya alomatlari mavjud bo`lgan tashrif buyuruvchilarni kiritmaslik;

➖diniy tashkilotlarga kirish va chiqish joylarida aholining to`planishiga qat`iy yo`l qo`ymaslik;

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1