1

5 sentyabrdan park va kinoteatrga borishingiz mumkin. Ammo...

Jamiyat 01.09.2020, 17:51
5 sentyabrdan park va kinoteatrga borishingiz mumkin. Ammo...

Respublikada karantin talablarini qisqartirish maqsadida Davlat Rahbari tomonidan berilgan ko`rsatmalarga muvofiq Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qarori bilan quyidagilar ruxsat berildi:

Birinchidan, 2020 yil 5 sentyabrdan boshlab:

✔️ umumiy ovqatlanish ob`ektlari (restoran, kafe, oshxona, choyxona) faoliyatiga. Bunda ushbu ob`ektlar quyidagi sanitari talablariga rioya etishi talab etiladi:

➖banketlar va boshqa ommaviy tadbirlarni o`tkazishga yo`l qo`ymaslik;

➖stollar oralig`idagi 2 metrdan kam bo`lmagan ijtimoiy masofani ta`minlash;  

➖bir stol atrofida 4 kishidan ko`p bo`lmagan (oila a`zolari bundan mustasno) mijozlarni joylashtirish;  

➖xodimlarning tibbiy niqob va tibbiy qo`lqopda bo`lishi;  

➖har bir mijozdan keyin stol va boshqa jihozlarning yuza qismini dezinfeksion vositalar bilan tozalash;

bino va xonalarga, shuningdek, havo aylantirish tizimiga zararsizlantirish anjomlarini (ultrabinafsha lampalar va b.) o`rnatish.

✔️ tomosha va madaniy-ko`ngilochar ob`ektlar (faqatgina teatr va kinoteatr) faoliyatiga. Bunda ushbu ob`ektlar quyidagi sanitari talablariga rioya etishi talab etiladi:

➖ob`ektning havo aylantirish tizimiga zararsizlantirish anjomlarini (ultrabinafsha lampalar va b.) o`rnatish;

tashrif buyuruvchilarni ijtimoiy masofani saqlagan holda joylashtirish hamda tibbiy niqobda bo`lish (zarur hollarda tadbir 2 soatdan ziyod davom etganda niqobni bepul almashtirish);

➖ob`ektlarning kirish-chiqish joylarini pirometrlar, dezinfeksion “to`shaklar”, antiseptik vositalari bilan jihozlash, ularga kirishda har bir tashrif buyuruvchilarning tana haroratini o`lchab, 370S va undan yuqori bo`lgan yoxud infeksiya alomatlari mavjud bo`lgan holatda kiritmaslik;

➖har bir seansdan keyin o`rindiq va boshqa jihozlarning yuza qismini dezinfeksion vositalar bilan tozalash;

xodimlarning tibbiy niqob va tibbiy qo`lqopda bo`lishi;  

✔️ parklar va istirohat bog`laridagi attraksionlar faoliyatiga. Bunda ushbu ob`ektlar quyidagi sanitariya qoidalariga rioya etishi talab etiladi:

➖tashrif buyuruvchilarni ijtimoiy masofani saqlagan holda navbatda turishini ta`minlash;  

➖attraksionlarning yuza qismini har soatda yoki har bir foydalangandan so`ng dezinfeksion vositalar bilan tozalash;

➖attraksiondan foydalanishda ijtimoiy masofani saqlash;  

➖xodimlarning tibbiy niqob va tibbiy qo`lqopda bo`lishi;  

➖bino va xonalarga, shuningdek, havo aylantirish tizimiga zararsizlantirish anjomlarini (ultrabinafsha lampalar  

va b.) o`rnatish (yopiq binolardagi attraksionlar faoliyati uchun).

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1