1

5 sentyabrdan taksida yo`lovchi tashishga ruxsat berildi. Faqat “Damas” bundan mustasno

Jamiyat 01.09.2020, 17:54
5 sentyabrdan taksida yo`lovchi tashishga ruxsat berildi. Faqat “Damas” bundan mustasno

Respublikada karantin talablarini qisqartirish maqsadida Davlat Rahbari tomonidan berilgan ko`rsatmalarga muvofiq Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qarori bilan quyidagilar ruxsat berildi:

2020 yil 5 sentyabrdan boshlab:

✔️yo`nalishli taksida (“Damas” rusumli engil avtomobillari bundan mustasno) yo`lovchi tashish faoliyatiga. Bunda ushbu ob`ektlar quyidagi sanitariya talablariga rioya etishi talab etiladi:

➖yo`nalishli taksi faoliyati davomida karantin qoidalariga rioya etgan holda har qatnovga chiqishdan oldin haydovchilarning tana harorati pirometrlarda o`lchanib, 37oS va undan yuqori bo`lgan holatda ularning transport vositasini boshqarishiga yo`l qo`ymaslik, ularning tibbiy niqob va qo`lqopda bo`lishini ta`minlash;

➖yo`nalishli taksida yo`lovchilarning tibbiy niqobda bo`lishini, tibbiy niqob bo`lmagan holatda ularning transport vositasiga chiqishiga yo`l qo`ymaslik;

➖transport vositasi doimiy ravishda har qatnovga chiqishdan oldin (shu jumladan, har bir o`rindiqni) to`liq dezinfeksiyadan o`tkazilishini ta`minlash.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1