1

Sentyabrdan maktab va bog`chalar an`anaviy va masofaviy shaklda ish boshlaydi

Jamiyat 01.09.2020, 17:58
Sentyabrdan maktab va bog`chalar an`anaviy va masofaviy shaklda ish boshlaydi

Respublikada karantin talablarini qisqartirish maqsadida Davlat Rahbari tomonidan berilgan ko`rsatmalarga muvofiq Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qarori bilan quyidagilar ruxsat berildi:

2020 yil 5 sentyabrdan boshlab:

✔️Ota-onalarning fikrlari va mahalliy deputatlar kengashlari takliflariga muvofiq sentyabr oyidan maktabgacha ta`lim tashkilotlari va umumta`lim maktablarining an`anaviy va masofaviy shakldagi faoliyatiga.  

❗️Bunda ushbu ob`ektlar quyidagi sanitariya talablariga rioya etishi talab etiladi:

➖xodimlar va bolalar (tarbiyalanuvchilar)ning sog`lig`i holatini doimiy nazorat qilish (tana haroratini muntazam o`lchab borish), tana harorati 370S va undan yuqori bo`lgan yoki infeksiya alomatlari mavjud bo`lgan xodimlar va bolalar (tarbiyalanuvchilar)ni mashg`ulotlar chetlatish;  

➖xodimlar tibbiy niqobdan foydalanishi va ijtimoiy masofani saqlashi;

➖sanitariya-gigiena va dezinfeksiya talablariga qat`iy rioya etish, bino xonalarni doimiy ravishda dezinfeksiya qilish, ularga kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion “to`shak”lar bilan jihozlash;

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1