1

1 sentyabrdan O`zbekiston va Qirg`iziston chegarasidan mashinada o`tish cheklovlari bekor qilindi

Jamiyat 01.09.2020, 18:08
1 sentyabrdan O`zbekiston va Qirg`iziston chegarasidan mashinada o`tish cheklovlari bekor qilindi

2020 yil 1 sentyabridan boshlab O`zbekiston Respublikasi va Qirg`iziston Respublikasi o`rtasidagi avtoyo`l o`tkazish punktlariga nisbatan kirib-chiqish bo`yicha cheklovlar sanitariya-gigiena talablariga qat`iy rioya etgan holda bekor qilinadi va quyidagi tartib joriy etilmoqda:  

✔️oxirgi 14 kun Qirg`iziston Respublikasida bo`lib turgan yoki so`ngi 72 soat davomidagi koronavirus infeksiyasiga PZR test tekshiruvining manfiy natijalari to`g`risida ma`lumotnomasi mavjud bo`lgan shaxslar O`zbekiston Respublikasiga kirib kelganda karantin nazoratiga olinmaydi;

✔️Qirg`iziston Respublikasiga chiqqan hamda faqatgina ushbu mamlakat hududida bo`lgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolari respublikaga qaytib kirgandan so`ng karantin nazoratiga olinmaydi;

✔️mazkur bandning 3 va 4 xatboshisida belgilangan holatlardan tashqari barcha vaziyatlarda O`zbekiston Respublikasiga kirib keluvchi shaxslar o`rnatilgan tartibda karantin nazoratiga olinadi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1