1

Xalqaro aviaqatnovlar bosqichma-bosqich tiklanadi

Jamiyat 01.09.2020, 18:18
Xalqaro aviaqatnovlar bosqichma-bosqich tiklanadi

Komissiya qarori bilan Koronavirus pandemiyasi davrida muntazam xalqaro aviaqatnovlarni amalga oshirish tartibi to`g`risidagi vaqtinchalik yo`riqnoma tasdiqlanmoqda.

 Shu bois, tegishli soha mas`ullariga barcha turdagi xalqaro qatnovlarni (avia, temir yo`l va avtomobil) tiklash bo`yicha xorijiy mamlakatlar bilan muzokaralar o`tkazgan holda qatnovlarni bosqichma-bosqich tiklash choralarini ko`rish vazifasi yuklatildi.  

Mazkur vaqtinchalik yo`riqnoma 2020 yil 1 sentyabrdan e`tiboran kuchga kirishi hamda mazkur yo`riqnoma kuchga kirgandan so`ng xorijdagi fuqarolarni to`lov asosida mehmonxonaga karantinga joylashtirish sharti bilan charter qatnovlarini tashkil etish bo`yicha turoperatorlar hamda aviakompaniyalarga ruxsatnomalar berish amaliyoti to`xtatilishi, shu bilan birga avval berilgan ruxsatnomalar 2020 yil 1 oktyabrga qadar amal qilishi belgilab qo`yildi.

Shuningdek, qo`shni davlatlarda ro`yxatdan o`tgan va respublikaga vaqtinchalik olib kirilgan avtotransport vositalarini O`zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilishiga ruxsat berildi hamda qo`shimcha qulayliklar yaratish maqsadida boshqa xorijiy davlatlar avtotransport vositalarini qaytarib olib chiqish muddati 2020 yil 1 noyabrga qadar uzaytirildi.

Shu bilan birga, Respublika maxsus komissiyasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 29 yillik ayyomini oila davrasida sanitariya-gigiena qoida va talablariga rioya etgan holda nishonlash  tavsiya etilmoqda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1