AsosiyJamiyat

5 sentyabrdan restoran, kafe, oshxona, choyxonalar faoliyatiga ruxsat berildi

'5 sentyabrdan restoran, kafe, oshxona, choyxonalar faoliyatiga ruxsat berildi'ning rasmi

 5 sentyabrdan restoran, kafe, oshxona, choyxonalar faoliyatiga  ruxsat berildi.

Umumiy ovqatlanish ob`ektlari (restoran, kafe, oshxona, choyxona) o`z faoliyatida quyidagi sanitariya talablariga rioya etishi tavsiya etiladi:

➖banketlar va boshqa ommaviy tadbirlarni o`tkazishga yo`l qo`ymaslik;

➖stollar oralig`idagi 2 metrdan kam bo`lmagan ijtimoiy masofani ta`minlash;  

➖bir stol atrofida 4 kishidan ko`p bo`lmagan (oila a`zolari bundan mustasno) mijozlarni joylashtirish;  

➖xodimlarning tibbiy niqob va tibbiy qo`lqopda bo`lishi;  

➖har bir mijozdan keyin stol va boshqa jihozlarning yuza qismini dezinfeksion vositalar bilan tozalash;

bino va xonalarga, shuningdek, havo aylantirish tizimiga zararsizlantirish anjomlarini (ultrabinafsha lampalar va b.) o`rnatish.

    Boshqa yangiliklar