AsosiyJamiyat

Bugun 343 holatda kasallik qayd etildi, Toshkentda 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi

'Bugun 343 holatda kasallik qayd etildi, Toshkentda 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi'ning rasmi

SSV ma`lum qilishicha, shu yilning 1 sentyabr kuni mamlakatimizda 343 holatda kasallik qayd etilgan bo`lib, barchasi tana harorati ko`tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun Toshkent shahri, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Toshkent, Samarqand, Andijon, Qashqadaryo hamda Xorazm viloyatlarida jami 389 nafar bemor sog`aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 42 236 nafar bemordan 39 664 nafari sog`ayib, davolanish ko`rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2248 nafar bemordan 330 nafari og`ir, 179 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.  

    Boshqa yangiliklar