1 sentyabrdan boshlab, pensiyalar, bolalikdan nogironligi bo`lgan shaxslarga, zarur ish stajiga ega bo`lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqalar miqdori 1,1 barobarga oshdi.
O`rtacha pensiya miqdori 764 ming so`mdan 841 ming so`mgacha ko`tarildi.
Bolalikdan nogironligi bo`lgan shaxslarga beriladigan nafaqa miqdori amaldagi 466 680 so`mdan 513 350 so`mgacha ko`paydi.
Pensiya tayinlash uchun zarur ish stajiga ega bo`lmagan, hayoti davomida Pensiya jamg`armasiga umuman badal to`lamagan 37,5 ming nafar keksa fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 315 030 so`mgacha oshirildi.






