1

2020/2021 o`quv yiliga xorijiy va nodavlat oliy ta`lim muassasalaridan O`zbekiston Respublikasi oliy ta`lim muassasalariga o`qishini ko`chirish uchun ro`yxatdan o`tganlar diqqatiga

Jamiyat 02.09.2020, 12:13
2020/2021 o`quv yiliga xorijiy va nodavlat oliy ta`lim muassasalaridan O`zbekiston Respublikasi oliy ta`lim muassasalariga o`qishini ko`chirish uchun ro`yxatdan o`tganlar diqqatiga

2020/2021 o`quv yiliga xorijiy davlatlardagi oliy ta`lim muassasalari hamda respublikadagi xorijiy va nodavlat oliy ta`lim muassasalaridan O`zbekiston Respublikasi oliy ta`lim muassasalariga o`qishini ko`chirish uchun ro`yxatdan o`tgan fuqarolar uchun onlayn test sinovlari joriy yilning 5-6 sentyabr kunlari o`tkaziladi.
Fuqarolar ro`yxatdan o`tishda belgilagan o`zlarining doimiy yashash manzili bo`yicha onlayn test sinovlarida ishtirok etadilar.
Test sinovlarida fuqarolar belgilangan joyda ishtirok etishlari shart.
Test sinovlarida ishtirok etuvchi fuqarolardan onlayn test sinovlarida ishtirok etish uchun belgilangan joylarga o`z vaqtida kelishlari talab etiladi.

Ta`lim yo`nalishlariga mos fanlardan to`g`ri javoblarga beriladigan ballar quyidagicha taqsimlanadi:
1-blok fanlariga – har bir to`g`ri javobga – 3,2 ball;
2-blok fanlariga – har bir to`g`ri javobga – 3,1 ball.

Test sinovlarini topshirish uchun 3 soat vaqt beriladi. Talabgorlarga tegishli ta`lim yo`nalishlariga mos 2 ta fandan 30 tadan, jami 60 ta savol beriladi.

O`tkaziladigan test sinovlari natijalariga ko`ra fuqarolarning xorijiy va nodavlat oliy ta`lim muassasalaridan respublika oliy ta`lim muassasalariga o`qishini ko`chirish bo`yicha qaror Davlat kommisiyasi tomonidan qabul qilinadi.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1