1

Yana bir xavfli epidemiya yaqinlashmoqda

Salomatlik 02.09.2020, 13:31
Yana bir xavfli epidemiya yaqinlashmoqda

Platformaning yozishicha, yuqoridagi gap, yaqinlashib kelayotgan yana bir xavfli epidemiya --- gripp haqida. Har holda, shifokorlar shundan bejiz ogohlantirmayotgan bo`lsa kerak.

Xususan,  jahon sog`liqni saqlash tizimi mutasaddilari har bir odam grippga qarshi vaksina olishini ta`minlash harakatida. Maqsad koronavirus zabt olgan bir vaqtda gripp mavsumini nisbatan betalafot o`tkazish! Chunki bu yilgi gripp keksa yoshlilar, yosh bolalar va surunkali kasali borlar uchun ayniqsa xavfli bo`lishi mumkinligi aytilyapti.

Eng katta xavotir bakteriali infeksiya bilan bog`liq bo`lib, xastalik pnevmoniyaga o`tib ketishi mumkin. Qolaversa, miningit va septik shokni ham yuzaga keltirishi xavfi bor.  

Koronavirus va grippning qo`shaloq kelishi esa yanayam og`ir oqibatlarga sabab bo`lishiga shubha yo`q. Gripp mavsumi koronavirus bilan qo`shilsa, kasalxonalar to`lib ketishi mumkin,  deb yozadi Bi-bi-si.  

Har ikki kasallik tana haroratini ko`tarishi, yo`tal, charchoq, mushaklar va bosh og`rig`iga sabab bo`lishi,  ich ketish va qayd qilish kuzatilishini hisobga olsak, bu simptomlar ikki kasallikni bir-biridan ajratib tashhis qo`yishda qiyinchiliklarni yuzaga keltirishi mumkin.  

Ayni paytda Angliyada gripp vaksinasi bilan bepul emlash quyidagilarga taklif qilinmoqda:

👉 koronavirusdan saqlanishi qat`iy talab qilinadigan xavf guruhiga mansublar va ular bilan birga yashovchilar;

👉 qandli diabeti, yurak kasalligi, astmasi bo`lganlar  

👉 homilador ayollar

👉 2 yoshdan katta bo`lgan maktabgacha bo`lgan bolalar;

👉 barcha boshlang`ich, o`rta va bitiruvchi sinf o`quvchilari;

👉 avval 65 yoshdan kattalar, so`ng 50 yoshdan kattalar;

👉 sog`liqni saqlash va parvarishlash sohasi xizmatchilari.

Shifokor va hamshiralardan pandemiya vaqtida emlashni imkon qadar xavfsiz sharoida o`tkazish uchun chora ko`rish so`ralmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1