1

Iste`mol bozoridagi narxlar va tariflar o`rtacha 4,8 foizga ko`tarildi

Jamiyat 02.09.2020, 15:02
Iste`mol bozoridagi narxlar va tariflar o`rtacha 4,8 foizga ko`tarildi

O`zbekistonda 2020 yil avgust yakuniga ko`ra,  yillik davrda tovarlar va xizmatlar narxlarining o`rtacha o`sish sur`ati 11,7 foizni tashkil etdi. Ushbu raqamlar Davlat statistika qo`mitasi taqdim etgan hisobotda keltirilgan.

“2020 yilning yanvar-avgust oylari davomida iste`mol bozoridagi narxlar va tariflar o`rtacha 4,8 foizga ko`tarildi. Yillik davrda (2019 yilning avgustiga nisbatan) tovarlar va xizmatlar narxlarining o`rtacha o`sish sur`ati 11,7 foizni tashkil etdi”, - deyilgan hisobotda.

Ma`lumot o`rnida, 2019 yilning yanvar-avgust oylarida tovarlar va xizmatlar o`rtacha 8,2 foizga qimmatlashgan edi. Yillik darajada bu ko`rsatgich 16,5 foizga oshgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1