1

O`lchash vositalarini davlat sinovidan o`tkazish qoidalari belgilandi

Jamiyat 02.09.2020, 15:13
O`lchash vositalarini davlat sinovidan o`tkazish qoidalari belgilandi

“O`zbekiston Respublikasida metrologiya xizmatlari ko`rsatish tartibini takomillashtirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Hukumat qarori (528-son, 29.08.2020 y.) qabul qilindi.  Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

 Qaror bilan o`lchash vositalarini davlat sinovlaridan o`tkazish qoidalari tasdiqlandi.  

 Unga ko`ra, davlat metrologik tekshiruvi va nazorati tatbiq etiladigan doirada O`zbekistonning o`lchash vositalari davlat reestriga kiritilgan tasdiqlangan turdagi o`lchash vositalarini qo`llashga ruxsat beriladi.

 Ishlab chiqariladigan va (yoki) seriyalab ishlab chiqarilishi mo`ljallangan o`lchash vositalari va O`zbekiston hududida to`p holida ishlab chiqariladigan  va (yoki) olib kiriladigan o`lchash vositalari davlat sinovlaridan o`tkaziladi.

 O`lchash vositalarini davlat sinovlaridan o`tkazish ishlari uchun haq shartnomaga muvofiq ariza beruvchi tomonidan to`lanadi.

 O`lchash vositalarini davlat sinovlaridan o`tkazish davomiyligi 25 ish kunidan oshmasligi kerak.

 O`lchash vositalarini davlat sinovlaridan o`tkazish natijalari ijobiy bo`lganda ijrochi 2 ish kuni mobaynida o`lchash vositalarini sinovdan o`tkazish natijalariga ega bo`lgan hujjatlarni “O`zstandart” agentligiga yuboradi hamda Agentlik o`lchash vositalarining turini tasdiqlaydi va reestrda ro`yxatga oladi.

“O`zstandart” agentligi rahbarligidagi akkreditasiyadan o`tgan davlat metrologiya xizmati organi ijrochi hisoblanadi.  

 O`lchash vositalarining turini tasdiqlash sertifikatining amal qilish muddati 5 yilni tashkil etadi.  

Ushbu qoidalar davlat metrologik tekshiruvi va nazorati tatbiq etiladigan sohada o`lchash vositalarini qo`llaydigan barcha shaxslar uchun majburiy hisoblanadi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1