1

Bugun 1-smenada 37 nafar abiturient testdan chetlashtirildi

Jamiyat 02.09.2020, 15:52
Bugun 1-smenada 37 nafar abiturient testdan chetlashtirildi

Bugun test sinovlari 1-smenasida 59250 nafar abiturient test topshirishi rejalashtirilgan.

 Shundan 55767 nafari ishtirok etdi. 3474 nafar abiturient turli sabablarga ko`ra testga kelmagan.

Bir nafar abiturientning tana harorati baland bo`lganligi uchun testga kiritilmagan va dalolatnoma tuzilgan.

8 nafar abiturient kirish joyida test sinovlaridan chetlashtirildi. Xususan, ularning 4 nafari telefon, 1 nafari «shpargalka», 2 nafari boshqa abiturient o`rniga kirmoqchi bo`lgan, 1 nafari hujjatni soxtalashtirgani uchun chetlashtirilgan.

Test sinovlari jarayonlarida tartib-qoidani buzganligi uchun 29 nafar abiturient testdan chetlashtirildi. Jumladan, ularning 26 nafari telefon va boshqa turli elektron vositalardan foydalangani uchun, 1 nafari shpargalka, 1 nafari kalkulyator va 1 nafari soxta hujjat bilan testga kirgani uchun chetlashtirildi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1