1

Maktablarga dezinfeksiya vositalari mahalliy hokimliklar tomonidan etkazib beriladi, o`qituvchilar tomonidan emas

Jamiyat 02.09.2020, 16:13
Maktablarga dezinfeksiya vositalari mahalliy hokimliklar tomonidan etkazib beriladi, o`qituvchilar tomonidan emas

Ijtimoiy tarmoqlarda pandemiya sharoitida maktab faoliyatini tashkillashtirish uchun o`qituvchilardan talab etilayotgan turli sanitariya-gigiena vositalari aks etgan ro`yxatlar tarqalmoqda.  

Ushbu taqalayotgan xabarlar yuzasidan Xalq ta`limi vazirligi munosabat bildirildi.  

Unda ta`kidlanishicha, Prezident raisligida o`tgan umumiy o`rta ta`lim muassasalarida o`quv yiliga tayyorgarlik masalalari bo`yicha videoselektor yig`ilishida  maktablar uchun pirometr va dozatorlar xarid qilish hamda ularni hududlarga etkazish bo`yicha mutasaddi vazirliklarga topshiriqlar berilgan.

Maktablarni dezinfeksiya va antiseptik vositalari bilan ta`minlashga esa viloyat hokimliklari mas`ul etib belgilangan.

"Shuningdek O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta`limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Farmoniga muvofiq xalq ta`limi muassasalarini qo`llab-quvvatlash, xususan tegishli hududda umumta`lim muassasalariga yordam ko`rsatishni tashkil etish va muvofiqlashtirish mahalliy hokimliklar tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.

Shu sababli maktablarda ta`lim jarayonini tashkil etishda qo`llaniladigan dezinfeksiya vositalarining birortasi ham o`qituvchilar tomonidan xarid qilinmasligini, ota-onalar tomonidan esa faqatgina farzandining sanitariya-gigiena qoidalariga rioya etishlari uchun tibbiy niqob va shaxsiy antiseptiklar bilan ta`minlanishini ma`lum qilamiz.  

Pandemiya sharoitida umumta`lim maktablarga pirometr, dezinfeksiya vositalari, dozatorlar hamda antiseptiklar markazlashgan xolatda etkazib beriladi.

Hurmatli o`qituvchilarimizdan maktablarida bu kabi holat kuzatilayotgan bo`lsa huquqni muhofaza qilish organlarga murojaat qilishingizni so`raymiz", deyiladi Xalq ta`limi vazirligi xabarida.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1