1

Afg`on hukumati tinchlik o`rnatish jarayonini tezlashtirish uchun Tolibonning 200 ga yaqin a`zosini ozod qildi

Jamiyat 02.09.2020, 18:02
Afg`on hukumati tinchlik o`rnatish jarayonini tezlashtirish uchun Tolibonning 200 ga yaqin a`zosini ozod qildi

Afg`on hukumati anchadan beri ortga surib kelinayotgan tinchlik muzokaralarini boshlash uchun Tolibonnning hibsdagi 200 ga yaqin a`zosini qo`yib yubordi, deya xabar berdi hukumat vakillari 2 sentyabr kuni, deyiladi tarjumon.uz bergan ma`lumotda.

Tolibon deyarli yigirma yildan beri davom etib kelayotgan urushlarga barham beradigan tinchlik muzokaralarini boshlash uchun Afg`on hukumatidan o`zining so`nggi 400 nafar a`zosi qo`yib yuborilishini talab qilgandi. Ushbu ozod qilingan 200 kishi toliblarning talab qilgan a`zolarining bir qismidir.

Tolibon a`zolari dushanba va seshanba kunlari Qobuldagi markaziy qamoqxodan ozod qilingan. Xuddi shu paytda Tolibon ham o`zi hibsga olgan hukumat maxsus kuchlarining olti nafar a`zosini qo`yib yubordi.

“Biz tinchlik muzokaralarini iloji boricha tezroq boshlash uchun mahbuslar almashinuvini tamomlashni xohlaymiz” deydi afg`on hukumati vakillaridan bir. U masalaning nozikligi sababli o`zining ismini oshkor qilishni istamagan.

Shu yilning fevral oyida AQSh va Tolibon o`rtasidagi shartnomada Tolibon Afg`on hukumati bilan kelishishga rozi bo`lgandi. Toliblar buning uchun o`zlarining 5000 nafar a`zosi ozod qilinishini shart qilib qo`ygan. Afg`oniston hukumati shu paytgacha 4600 kishini qo`yib yuborgan, qolgan 400 kishini esa og`ir jinoyatlari uchun ozod qilishni istamayotgandi. Lekin, o`tgan oyda Afg`onistonda bo`lib o`tgan katta kengash Tolibon vakillarini ozod qilib, tinchlik muzokaralarini boshlashga qaror qildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1