AsosiyJamiyat

DTM test paytida telefondan foydalangan abiturient bo`yicha izoh berdi

'DTM test paytida telefondan foydalangan abiturient bo`yicha izoh berdi'ning rasmi

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda abiturientning test sinovida telefondan foydalanayotgani aks etgan video tarqaldi va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan jarayon nazorat qilinmayapti degan mazmunda e`tirozlar bildirildi.

Mazkur holat tezkorlik bilan Davlat test markazi tomonidan Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda aniqlandi. Hozirda holat bo`yicha Davlat test markazida barcha ma`lumotlar mavjud.

Bu holat Sirdaryo viloyatidagi 4-kameradan, ya`ni Guliston shahri markaziy stadionida bo`lib o`tayotgan test sinovlaridan olingan bo`lib, mazkur abiturientga tegishli tarzda chora ko`riladi.

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-son qarori bilan tasdiqlangan “O`zbekiston Respublikasi oliy ta`lim muassasalarining bakalavriatiga o`qishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini o`tkazish tartibi to`g`risidagi Nizom”ga muvofiq test sinovlari jarayonida videokuzatuvlar orqali abiturientning tartib va qoidalarga amal qilmaganligi aniqlansa, abiturient test sinovlari jarayonidan chetlashtiriladi va natijalari chiqarilmasligiga asos bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar