SSV ma`lumotiga ko`ra, 2 sentyabr kuni mamlakatimizda 304 holatda kasallik qayd etilgan bo`lib, barchasi tana harorati ko`tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Toshkent shahrida 2 nafar, Toshkent viloyatida 2 nafar, Xorazm viloyatida 1 nafar, jami 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Toshkent shahri, Buxoro, Toshkent, Farg`ona hamda Qashqadaryo viloyatlarida jami 219 nafar bemor sog`aydi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 42 540 nafar bemordan 39 883 nafari sog`ayib, davolanish ko`rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 328 nafar bemordan 365 nafari og`ir, 176 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.






