AsosiyJamiyat

Qo`shni davlatlardan o`qishini ko`chirgan shaxslarni talabalikka qabul qilishning yangi shartlari belgilandi

'Qo`shni davlatlardan o`qishini ko`chirgan shaxslarni talabalikka qabul qilishning yangi shartlari belgilandi'ning rasmi

Qo`shni davlatlardan O`zbekistonga o`qishini ko`chirgan shaxslarni talabalikka qabul qilishning yangi shartlari belgilandi, deya xabar bermoqda O`zA.

Keltirilishicha, davlat qabul komissiyasining qaroriga binoan, 2019/2020 o`quv yilida qo`shni davlatlardagi oliy ta`lim muassasalaridan o`qishini ko`chirishga ruxsat berilgan fuqarolarning talabalikka qabul qilish to`g`risidagi hujjatlarini rasmiylashtirish istisno tariqasida quyidagi tartibda amalga oshirilishi belgilandi:

*  oliy ta`lim muassasasi rektorining (filial direktorining) ushbu toifadagi fuqarolarni darslarga ishtirok etishga ruxsat berish to`g`risidagi farmoyishlariga muvofiq ularga to`lov-kontrakt mablag`larini to`lashga ruxsat etiladi, bunda, to`lov shartnomasida fuqaroning tegishli hujjatlari belgilangan talablar darajasida taqdim etilmagan taqdirda shartnoma bekor qilinishi qayd etiladi;

*  karantin cheklovlari yakunlangach, qo`shni davlatdagi oliy ta`lim muassasasidan fuqaroning tegishli hujjatlari muayyan oliy ta`lim muassasasiga belgilangan talablar darajasida taqdim etilgandan so`ng fuqaroni darslarga ishtirok etishga ruxsat berilgan sanadan boshlab uni talabalikka qabul qilingan deb hisoblash to`g`risida oliy ta`lim muassasasi rektorining (filial direktorining) buyrug`i rasmiylashtiriladi.

Kelgusi o`quv yillarida, shu jumladan 2020/2021 o`quv yilida xorijiy oliy ta`lim muassasalaridan respublika oliy ta`lim muassasalariga talabalar o`qishini ko`chirish va ko`chirib qayta tiklash jarayoni Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-son qarorida belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi. Ya`ni joriy yil fevral oyida bo`lgani kabi istisno tariqasida barcha talabalarning o`qishini imtihonsiz ko`chirishga ruxsat berilmaydi.

    Boshqa yangiliklar