AsosiyJamiyat

Ichki audit: bog`chalarda 48,3 mlrd. so`mlik moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlandi

'Ichki audit: bog`chalarda 48,3 mlrd. so`mlik moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlandi'ning rasmi

Maktabgacha ta`lim vazirligi Ichki audit xizmatining 2019-2020 yillardagi faoliyati natijalarini e`lon qildi.

Ma`lum qilinishicha, Maktabgacha ta`lim vazirligining Ichki audit xizmati  tomonidan 2019 yil va 2020 yilning birinchi yarmida o`tkazilgan tekshiruvlar natijasi bo`yicha huquqni muhofaza qilish organlariga qonuniy chora ko`rish uchun 904 ta tekshirish xujjatlari yuborildi. Bugungi kunda 6 mingga yaqin davlat MTTlarida 223 ming xodim faoliyat yuritadi. MTV maktabgacha ta`lim tizimini bola haqqiga xiyonat qiladigan vijdonsiz insonlardan xalos etish borasida o`z ishini davom ettiradi.

2 sentyabr, 2020 y, Toshkent – Maktabgacha ta`lim tizimi uzoq yillar davomida etarli nazorat qilinmaganligi oqibatida tizimda qonunbuzarlik va suiiste`molliklar avj olgan. Bu kabi noxush vaziyatlarga qarshi kurashish maqsadida 2017 yilning 30 sentyabrida to`g`ridan-to`g`ri vazirga bo`ysunuvchi Ichki audit xizmati tashkil etildi.

2020 yilning boshida vazirlik 2018-2019 yillarda aniqlangan qonunbuzarliklarni tahlil qilib, hukumatga qator takliflarni kiritdi.Vazirlik tashabbusi bilan Hisob palatasi hamkorligida boshqa vazirlik va idoralarning mutaxassislari jalb qilingan holda byudjet mablag`larining samarali ishlatilishi yuzasidan chuqur tahliliy o`rganishlar o`tkazildi. Hamkorlikda o`tkazilgan o`rganishlar natijasida 48,3 mlrd. so`mlik moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlandi.

    Boshqa yangiliklar