AsosiyJamiyat

Koronavirus: Bugun tongga qadar yana 95 kishi kasallandi, 2 ayol esa vafot etdi

'Koronavirus: Bugun tongga qadar yana 95 kishi kasallandi, 2 ayol esa vafot etdi'ning rasmi

2020 yil 3 sentyabr soat 10:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 42 635 (+95) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar bermoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 66 nafari Toshkent shahrida, 10 nafari Toshkent viloyatida, 8 nafari Samarqand viloyatida, 6 nafari Namangan viloyatida, 5 nafari Qashqadaryo viloyatida tana harorati ko`tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Sergeli tumanida yashagan 77 yoshli A.M. (ayol) hamda O`rtachirchiq tumanida yashagan 58 yoshli D.D. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda yurtimizda 39 883 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog`aygan.

Hozirda mamlakatimizda 2 421 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. Ulardan 365 nafari og`ir, 176 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.

    Boshqa yangiliklar