1

Valyuta operasiyalarini amalga oshirish soddalashtirildi

Jamiyat 03.09.2020, 11:25
Valyuta operasiyalarini amalga oshirish soddalashtirildi

Markaziy bank boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan O`zbekiston Respublikasida valyuta operasiyalarini amalga oshirish qoidalari Adliya vazirligida davlat ro`yxatidan o`tkazildi, deb xabar bermoqda Huquqiy axborot kanali.

 Mazkur hujjat valyutani tartibga solish sohasidagi amalda bo`lgan 5 ta idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni unifikasiya qilish orqali qabul qilindi va 2020 yil 1 sentyabrdan kuchga kirdi.

 Mazkur Qoidalar bilan valyuta operasiyalarini amalga oshirishda quyidagi yangiliklar joriy etildi:

  •  jismoniy shaxslar bilan valyuta operasiyalarini amalga oshirishda ulardan pasport nusxasi talab qilish bilan bog`liq norma chiqarib tashlandi;
  •  banklar tomonidan mijozlar bilan valyuta operasiyalarini amalga oshirishda ortiqcha vaqt va hujjatlar talab etilishi bilan bog`liq normalar bekor qilindi;  
  •  xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning mablag`larini konvertasiya qilish jarayonlari hamda chet el valyutasini sotib olish uchun taqdim etiladigan buyurtmalarni banklar tomonidan ko`rib chiqish tartibi soddalashtirildi;
  •  valyuta birjasi savdolarida ishtirok etish uchun mijozning hisobvarag`ida qat`iy ravishda mablag`lar rezerv qilinishi bo`yicha talab bekor qilindi;
  •  sotib olingan mablag`lardan foydalanish borasida qo`shimcha qulayliklar yaratildi, xususan, bank mijozlarining maxsus valyuta hisobvarag`iga turli xil sabablarga ko`ra qaytib tushgan valyuta mablag`laridan takroran foydalanish imkoniyati yaratildi;
  • Markaziy bank tomonidan ayirboshlash shoxobchalarini ro`yxatga olish va ularga guvohnomalar berish amaliyoti bekor qilindiayirboshlash operasiyalarini rasmiylashtirish tartibi, valyuta ayirboshlash shoxobchalarida xodimlar soni, xavfsizlik talablari, ularni monitoring qilish va boshqa talablar tijorat banklari tomonidan mustaqil belgilanadi.

 Ma`lumot uchun: O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida” 2020 yil 19 maydagi PF–5997-son Farmoni bilan 2020 yil 1 iyuldan 2021 yil 1 yanvargacha idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish to`xtatilgan, bundan o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish hamda o`z kuchini yo`qotgan deb topish to`g`risidagi, shuningdek unifikasiya qilishni nazarda tutuvchi idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish mustasno.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1