AsosiyDunyo

Turkmaniston prezidenti immunitetni mustahkamlash bo`yicha maslahat berdi

'Turkmaniston prezidenti immunitetni mustahkamlash bo`yicha maslahat berdi'ning rasmi

Gurbanguli Berdimuhamedov immunitetni qanday qilib to`g`ri mustahkamlash haqida gapirib berdi.

Uning so`zlariga ko`ra, immunitetning eng yaxshi profilaktikasi bu — sog`lom turmush tarzi va jismoniy faollikni ijobiy his-tuyg`ular bilan uyg`unlashtira olish ekan. O`shanda kasallik yaqin yo`lamay, uzoqdan o`tib ketarkan.  

Muhimi, u bu haqda davlat rahbari sifatida emas, shifokor va tibbiyotchi olim sifatida aytibdi. Ajoyib!

Eslatib o`tamiz, Gurbanguli Berdimuhamedov qachonlardir Turkman davlat tibbiyot institutini tamomlab, avvaliga vrach-stomatolog, keyin sog`liqni saqlash va tibbiy sanoat vaziri bo`lib ishlagan.

Hozir esa uning qanday lavozimdaligini bilasiz.

    Boshqa yangiliklar