1

FHDYo xodimlarining hokimlik tizimida ishlagan davri ustama to`lashga zarur bo`lgan ish stajiga qo`shiladi

Jamiyat 03.09.2020, 11:56
FHDYo xodimlarining hokimlik tizimida ishlagan davri ustama to`lashga zarur bo`lgan ish stajiga qo`shiladi

"Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari faoliyatini O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi tizimida samarali tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida" Hukumat qarori qabul qilindi.

 Qarorga muvofiq, FHDYo organlari faoliyatini tashkil etish, ularning faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish va tizimli nazoratni olib borish uchun Davlat xizmatlari agentligi (Agentlik) mas`ul hisoblanadi.

 2021 yil 1 yanvarga qadar tuman (shahar) FHDYo bo`limlari Agentlik tizimiga o`tishi munosabati bilan ularning xodimlari Adliya vazirligi tomonidan attestasiyadan o`tkaziladi.

 Qarorga ko`ra, FHDYo arxivlarida arxivarius lavozimi tugatiladi va shu munosabat bilan 1 va 2-toifali inspektor lavozimlari joriy etiladi.

 FHDYo organlari xodimlari mehnatga haq to`lash va moddiy rag`batlantirish shartlari bo`yicha Agentlikning hududiy boshqarmalari bo`limlari xodimlariga tenglashtiriladi.

 FHDYo organlari xodimlari (FHDYo bo`limlari va nikoh uylari mudirlari, inspektorlari)ning tuman (shahar) hokimliklari tizimidagi ishlagan davri ko`p yil ishlaganligi hamda martaba darajalari olish uchun ustamalar to`lashga zarur bo`lgan ish stajiga qo`shiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1