1

Angliya yuqori sudi o`zbek paxtasini Evropa ittifoqiga eksport qilishga qarshi da`voni rad etdi

Jamiyat 03.09.2020, 12:36
Angliya yuqori sudi o`zbek paxtasini Evropa ittifoqiga eksport qilishga qarshi da`voni rad etdi

Angliya yuqori sudi o`zbek paxtasini Buyuk Britaniya va Evropa ittifoqiga eksport qilishga ta`sir etishi mumkin bo`lgan xalqaro savdo bilan bog`liq masalani sud tartibida qayta ko`rib chiqish haqidagi 2019 yildagi da`voni rad etdi,  deb yozadi kun.uz

«O`zpaxtasanoat» xabariga ko`ra, sudya Jeyms Xolmenning 2020 yil 23 iyuldagi qarori texnik sabablarga asoslanadi va O`zbekistonda majburiy mehnat mavjudligi borasida biror bir ajrimni nazarda tutmaydi. Buning o`rniga Germaniyada joylashgan nohukumat tashkilot tomonidan Buyuk Britaniya hukumatiga qarshi kiritilgan da`voni sud muayyan huquqiy asoslarga ko`ra, jumladan, da`vogarda etarlicha asoslar mavjud emasligi, da`voning akademik va eskirgan xarakterga egaligi bois rad etdi.  

Da`vogarga 10 000 funt sterling miqdorida sud xarajatlarini to`lash majburiyati yuklandi va da`vogar mazkur qaror ustidan shikoyat qilmadi, deyiladi xabarda.

Paxta mahsulotlarini ishlab chiqarishga mas`ul bo`lgan «O`zpaxtasanoat» AJ sud ishiga manfaatdor tomon sifatida qo`shildi va da`voning mazmuni bo`yicha yozma materiallar taqdim etdi.

«O`zpaxtasanoat» vakili quyidagilarni ma`lum qildi: «Angliya sudi da`voni rad etganidan mamnunmiz. Ushbu qaror texnik sabablarga asoslangan bo`lsa-da, O`zbekiston jamiyat hayotining barcha jabhalarida ijobiy o`zgarishlarni amalga oshirmoqda va ilg`or tajribalarni barcha sohalarga tatbiq qilishga harakat qilmoqda. Iqtisodiyotimiz izchil o`sish ko`rsatkichlarini qayd etmoqda va xorijiy investisiyalar oqimining ortishi kuzatilmoqda, ushbu qaror esa xalqimizning hayot darajasini qo`llab-quvvatlash va O`zbekistonda to`qimachilik mahsulotlarini mas`uliyat bilan ishlab chiqarishga hissa qo`shayotgan millionlab fermer va mehnatkashlarning daromadini saqlab qolishga yordam beradi.

O`zbekiston hukumati nafaqat majburiy mehnatni batamom tugatishga bel bog`lagan, balki ushbu illat qonun bilan ta`qiqlanib, unga nisbatan jinoiy javobgarlik belgilangan. Shu kabi qonunbuzarlik uchun qat`iy javobgarlik, jumladan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog`liq jazo belgilangan. Mamlakatimizda ushbu salbiy amaliyotning barcha ko`rinishlarini bartaraf qilish uchun targ`ibot ishlari olib borilmoqda va shu kabi huquqbuzarliklarni aniqlash uchun ishonch telefonlari tashkil etilgan. Hozirda o`zbek tomoni xalqaro kuzatuvchilar bilan mas`uliyatli etkazib berish haqida shartnoma loyihasi ustida ishlamoqda, ushbu bitimlar kelajakda o`zbek paxtasi har qanday ko`rinishdagi majburiy mehnat unsurlaridan holi tarzda ishlab chiqarilishining kafolatlarini mustahkamlaydi».

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1