1

“Uzbekistan Airways” karantindan keyingi dastlabki muntazam xalqaro qatnovlarni e`lon qildi (ro`yxat)

Jamiyat 03.09.2020, 13:36
“Uzbekistan Airways” karantindan keyingi dastlabki muntazam xalqaro qatnovlarni e`lon qildi (ro`yxat)

“Uzbekistan Airways” AJ quyidagi yo`nalishlar bo`yicha muntazam parvozlarni bosqichma-bosqich qayta tiklashini  e`lon qildi:
Toshkent-Dubay-Toshkent - 4-sentyabrdan juma kunlari haftada 1 marta;
Toshkent-Frankfurt-Toshkent - 10-sentyabrdan payshanba kunlari haftasida 1 marta;
Toshkent-Olmaota-Toshkent - 11-sentyabrdan juma kunlari haftada 1 marta;
Toshkent-Bishkek-Toshkent - 14-sentyabrdan dushanba kunlari haftasida 1 marta;
Toshkent-Istanbul-Toshkent – 4, 7, 11, 14, 16, 18, 21, 23, 24, 25, 28 va 30 sentyabr;
 

Yuqorida qayd etilgan mamlakatlardan “Uzbekistan Airways” AJ qatnovlari orqali O`zbekistonga parvozlarni rejalashtirayotgan yo`lovchilar COVID-19 uchun PCR usuli bilan ingliz yoki rus tillarida topshirilgan sinovning manfiy natijalarini parvozdan kamida 72 soat oldin taqdim etishlari kerak. (Sinovning manfiy natijasi bo`lmagan taqdirda, yo`lovchilarni parvoz uchun ro`yxatdan o`tkazish rad etiladi).
Agar Germaniya, Qozog`iston, Qirg`iziston, BAA, Turkiyadan muntazam qatnovlar bilan kelgan yo`lovchilar COVID-19 uchun test natijalari manfiy bo`lgan sertifikatga ega bo`lsa, termometriyadan o`tishlari va o`zlarini 14 kun izolyasiya qilish majburiyatini olgan holda anketa to`ldirishlari kerak bo`ladi:
* O`zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun - doimiy yashash joyida
* Chet el fuqarolari uchun – O`zbekistonda vaqtincha ro`yxatdan o`tish joyida.
Kelgandan so`ng isitmasi yoki boshqa alomatlari bo`lgan yo`lovchilar “Toshkent” aeroportida ko`rikdan o`tkaziladi. PCR testining ijobiy natijasi bo`lgan yo`lovchilar davolanish uchun kasalxonaga yotqiziladi.
Sizdan, agar O`zbekiston Respublikasi fuqarolari yuqoridagi mamlakatlarga uchishni xohlasalar, boradigan mamlakatning sanitariya talablarini mustaqil ravishda aniqlab olish va aviachipta sotib olishdan oldin, yuqorida ko`rsatilgan mamlakatlarga kirish huquqini beradigan tegishli asoslar mavjudligiga ishonch hosil qilish kerakligiga e`tibor qartishingizni iltimos qilamiz.
Siz ushbu qatnovlarga chiptalarni aviakompaniya veb-saytidan, mobil ilova orqali, shuningdek, “Uzbekistan Airways” AJning eng yaqin savdo ofislaridan yoki O`zbekiston Respublikasi va xorijdagi savdo agentlaridan sotib olishingiz mumkin.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1