1

Maktbalarga o`quvchilarning kelish vaqtlari tabaqalashtiriladi, darslar orasida qo`ng`iroq bo`lmaydi

Jamiyat 03.09.2020, 13:59
Maktbalarga o`quvchilarning kelish vaqtlari tabaqalashtiriladi, darslar orasida qo`ng`iroq bo`lmaydi

Pandemiya sharoitida umumta`lim maktablarida ta`lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning vaqtinchalik tartibi belgilandi.  Bu haqda bugun AOKA huzuridagi shtabda bo`lib o`tgan brifingda Xalq ta`limi vazirligi matbuot kotibi Laylo Rustamova ma`lum qildi.

Unga ko`ra, dars mashg`ulotlari ertalab soat 8:00 dan kech soat 17:30 gacha tashkil qilinadi.  

Bolalarning bir vaqtda to`planib qolishlarini oldini olish maqsadida darslarning boshlanishi tabaqalashtirilgan holda amalga oshiriladi.  

1-4 sinflar maktabga soat 08:00 gacha, 5-8 sinflar soat 08:30 gacha hamda 9-11 sinflarning kelishi soat 09:00 gacha  alohida eshiklardan ijtimoiy masofa saqlab, tana haroratini o`lchagan holda amalga oshiriladi.

Darslar “Sinf sistemasi”da olib boriladi, ya`ni barcha darslar bir sinf uchun bir xonada olib boriladi.  

Boshlang`ich sinf o`quvchilari sinf rahbarlari tomonidan maktabning asosiy darvozasi yonida kutib olinadi hamda kuzatiladi.

 Ota-onalarning maktabga kirib chiqishi taqiqlanadi.  

Darslar oralig`idagi tanaffuslar vaqtida qo`ng`iroq chalinmaydi, sinf xonalari ko`chadagi havo haroratidan kelib chiqqan holda shamollatib boriladi.  

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1