1

Italiyaning sobiq Bosh Vaziri Berluskoni koronavirusga chalindi

Dunyo 03.09.2020, 14:20
Italiyaning sobiq Bosh Vaziri Berluskoni koronavirusga chalindi

Italiya tarixida to`rt marta Bosh Vazirlikka saylangan Silvio Berluskoni koronavirusga chalindi va ayni paytda uyida izolyasiyaga olindi. Bu haqda uning shifokori 2 sentyabr kuni xabar berdi, deb yozmoqda torjumon.

83 yoshli Berluskonining shaxsiy shifokori Aberto Zangrilloning aytishicha, Berluskonida COVID-19 alomatlari mavjud bo`lmagan. Shunday bo`lsada, u Sardiniyaga qilgan safaridan keyin tekshiruvdan o`tishga qaror qilgan.

Berluskoni yaqin kunlar ichida O`rta Er Dengizidagi Sardiniya oroliga dam olgani borgandi. Bu orolda avgust oyida koronavirusga chalinganlar soni keskin ko`tarildi. Bunga Sardiniyaga Italiyaning barcha hududlaridan sayyohlar kelib, odamlar gavjumlashgani sabab bo`ldi.

Berluskoni Milan yaqinida joylashgan Arkordagi uyidan turib ishlashni davom ettiradi.

Evropadagi koronavirusdan eng ko`p zarar chekkan davlatlardan biri bo`lgan Italiyada hozirgacha 270 mingdan ortiq odam kasallandi va 35 500 kishi bu virus qurboniga aylandi. Bu mamlakatda koronavirusning avj nuqtasi mart va aprel oylarida yuz bergandi. Shundan keyin hukumat virus tarqalishini kamaytirishga muvaffaq bo`ldi.

Lekin, Italiyada avgust oyida yangi kasallanishlar hollari yana ko`paya boshladi. Ekspertlar epimidiologik vaziyatning yomonlashishi odamlarning bayram va ta`tillar munosabati bilan ko`pchilik bo`lib to`planishlarining oqibati ekanini ta`kidlashmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1