1

Farg`onada chaqalog`ini sotayotgan ona qo`lga olindi

Jamiyat 03.09.2020, 14:40
Farg`onada chaqalog`ini sotayotgan ona qo`lga olindi

O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berishicha, 1 sentyabr kuni IIB va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, 24 yoshli G.S., (ayol) voyaga etmagan 1 yoshli farzandi Sh.T., ni 1.500 AQSh dollariga sotishga kelishib, Farg`ona shahar Sh.Rashidov ko`chasida farzandi uchun kelishilgan puldan 500 AQSh dollari miqdordagi pullarni olayotgan vaqtida ushlangan hamda undan o`rnatilgan tartibda kimyoviy ishlov berilgan pullar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan. 

Mazkur holat yuzasidan Farg`ona shahri bo`yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. G.S., mazkur jinoyat ishi bo`yicha gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1