1

Termizda uch abiturient qizni imtihonga olib ketayotgan Nexia YTHga uchradi (video)

Jamiyat 03.09.2020, 14:50
Termizda uch abiturient qizni imtihonga olib ketayotgan Nexia YTHga uchradi (video)

2 sentyabr kuni erta tongda Termiz tumanidan Termiz shahri tomon harakatlanib kelayotgan Nexia-2 avtomobili yo`l-tansport hodisasiga uchrab, uning ichida bo`lgan uch nafar abiturient qiz tan jarohati oldi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

Ma`lumotlarga ko`ra, Nexia haydovchisi tezlikni me`yoridan oshirgan va quvib o`tish qoidalarini buzganligi sababli boshqaruvni yo`qotib, yo`l chetiga chiqib ketgan.

Haydovchining so`zlariga ko`ra, imtihonga shoshganligi sabab mashina tezligini belgilangan tezlik chegarasidan oshirib, (90 km/soat) traktorni quvib o`tmoqchi bo`lgan. Guvohlarning ta`kidlashicha esa, Nexia va Matiz mashinalari o`zaro quvishib kelgan, avtomobillar bir-birga tekkanidan so`ng, Nexia muvozanatni saqlay olmay, yo`ldan chiqib ketgan.

Ma`lum qilinishicha, test imtihonlari uchun 2 sentyabrdan 14 sentyabrga qadar aholiga qulay va xavfsiz xizmat ko`rsatish maqsadida mutasaddilar tomonidan barcha tayyorgarlik ishlari ko`rilgan. Viloyat IIB YHXB tomonidan abiturientlarni olib kelish uchun 136 dona avtobus va yo`lovchi poezdlari tashkil etilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1