1

Namanganda PPX xodimlari avtomashinani tunagan qizlarni qo`lga oldi

Jamiyat 03.09.2020, 15:15
Namanganda PPX xodimlari avtomashinani tunagan qizlarni qo`lga oldi

Namangan viloyati IIB Axborot xizmatining xabar berishicha, 26 avgust kuni Namangan shahrida yashovchi ayol IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda shu kuni soat 06:45 larda Namangan shahar “Chorsu dehqon bozori”ga kirish joyida turmush o`rtog`ining VAZ-2106 rusumli avtomashinasi yukxonasida bo`lgan umumiy narxi 2.000.000 so`mlik buyumlar hamda shu sumka ichida bo`lgan 1.500.000 so`m pullarini noma`lum shaxs o`g`rilab ketganligini ma`lum qilib, chora ko`rishni so`ragan.

Namangan viloyati IIB PPX va JTSB PPXB safdor xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida 27 avgust kuni ushbu jinoyatni Namangan shahrida yashovchi 2001 va 2003 yilda tug`ilgan ikki nafar qizlar sodir etganligi aniqlangan hamda daliliy ashyo olingan.

Ushbu holat bo`yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O`z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Hurmatli fuqarolar, avtomashinangiz va moddiy boyliklaringizni qarovsiz qoldirmang. Birozgina e`tiborsizlik yana bir jinoyatga yo`l ochishi mumkin.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1