1

1 oktyabrdan mobil telefon raqamini saqlagan holda boshqa aloqa kompaniyasining xizmatlaridan foydalanish mumkin bo`ladimi? -- Mutaxassis oydinlik kiritdi

Jamiyat 03.09.2020, 15:42
1 oktyabrdan mobil telefon raqamini saqlagan holda boshqa aloqa kompaniyasining xizmatlaridan foydalanish mumkin bo`ladimi? -- Mutaxassis oydinlik kiritdi

Joriy yil 1 oktyabrdan mobil telefon raqamini saqlagan holda boshqa aloqa kompaniyasining xizmatlaridan foydalanish mumkinligi haqidagi gaplar haqiqatga to`g`ri kelmaydi.  Biroq bunday imkoniyat yaqin kelajakda paydo bo`lishi kutilmoqda. Bu haqda AKT vazirligi matbuot kotibi Sherzod Ahmatov AOKAda o`tkazilgan brifingda ma`lum qildi.

«Ijtimoiy tarmoqlarda bu kabi gap-so`zlarning tarqalishiga «Telekommunikasiya xizmatlarini ko`rsatish qoidalarini tasdiqlash to`g`risida»gi normativ-huquqiy hujjat Adliya vazirligida davlat ro`yxatidan o`tkazilgani, hujjatga ko`ra, mobil aloqa operatori o`zgarganda raqamlari o`zgarmay qolishi haqidagi xabarlar sabab bo`lgan.  

Mazkur normativ hujjat  joriy yil 31 iyul kuni qabul qilingan bo`lsa-da, 1 oktyabrdan kuchga kirishi belgilangan. Ammo hujjat kuchga kirdi degani, unda keltirilgan xizmatlar ham o`sha zahoti kuchga kirishini anglatmaydi», — dedi Ahmatov. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1