2020 yil 3 sentyabr soat 17:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 42688 (+53) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining 47 nafari Toshkent viloyatida hamda yana 6 nafari Andijon viloyatida tana harorati ko`tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Chinoz tumanida yashagan 71 yoshli O.A. (ayol) hamda Olmazor tumanida yashagan 46 yoshli N.M. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 115 nafar, Toshkent viloyatida 51 nafar, Sirdaryo viloyatida 17 nafar, Andijon viloyatida 7 nafar, Namangan viloyatida 6 nafar hamda Qashqadaryo viloyatida 2 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib, yurtimizda 40081 (+198) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog`aygan.
Hozirda mamlakatimizda 2274 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.





