AsosiyJamiyat

Maxsus reys orqali poezdda Samaradan mingga yaqin yurtdoshlarimiz olib kelindi

'Maxsus reys orqali poezdda Samaradan mingga yaqin yurtdoshlarimiz olib kelindi'ning rasmi

Maxsus poezd reysi orqali Samaradan mingga yaqin yurtdoshimiz olib kelindi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati ma`lum qildi.

Respublika maxsus komissiyasi O`zbekiston fuqarolarini Rossiya Federasiyasining Samara viloyatidan olib kelish uchun “Toshkent – Kinel –Toshkent” temir yo`l reysini tashkil etish to`g`risida qaror qabul qilgan edi.  

Rossiya va Qozog`iston tomoni bilan kelishuvga binoan, joriy yilning 31 avgust kuni “O`zbekiston temir yo`llari” AJ poezdi 922 nafar yurtdoshlarimiz bilan “Kinel” stansiyasidan O`zbekistonga jo`nagan edi.  

Mazkur poezd 2 sentyabr kuni Samarqand shahriga etib keldi. Ushbu reys orqali olib kelingan barcha fuqarolar avtobuslarda viloyatdagi  karantin zonalariga etkazildi.    

    Boshqa yangiliklar