1

O`zbekistonda koronavirusdan avolanish ko`rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda

Jamiyat 03.09.2020, 23:53
O`zbekistonda koronavirusdan avolanish ko`rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda

Shu yilning 3 sentyabr kuni mamlakatimizda 257 holatda kasallik qayd etildi.  

Shuni ta`kidlash joizki, bugungi holat ikki oydan ziyodroq vaqt avvalgi, ya`ni 27 iyun kuni koronavirus qayd etilgan 255 nafarlik minimumga yaqinlashdi.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 3, Toshkent viloyatida 2 nafar, jami 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E`tiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Sirdaryo, Xorazm, Toshkent, Andijon, Namangan, Farg`ona hamda Qashqadaryo viloyatlarida jami 293 nafar bemor sog`aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 42 797 nafar bemordan 40 176 nafari sog`ayib, davolanish ko`rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 287 nafar bemordan 351 nafari og`ir, 181 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1