1

The New York Times gazetasining birinchi sahifasida O`zbekistondagi test sinovlari haqida maqola va surat e`lon qilindi

Jamiyat 04.09.2020, 08:17
The New York Times gazetasining birinchi sahifasida O`zbekistondagi test sinovlari haqida maqola va surat e`lon qilindi

AQShning The New York Times gazetasining bugungi sonida Reuters agentligiga tegishli O`zbekistonda boshlangan test sinovlariga oid maqola e`lon qilindi.

«O`n minglab yoshlar chorshanba kuni universitetlarga kirish imtihonlarini koronavirus pandemiyasi sababli ochiq havoda topshirish uchun butun O`zbekiston bo`ylab sport arenalariga yo`l olishdi» deyiladi maqolada.

Unda 1,4 milliondan ortiq abiturientlar stadionlar, ularning yugurish yo`laklaridagi stollarda sinovlarni topshirayotgani ta`kidlangan.

«Chorshanba kuni ertalab Toshkentdagi stadionlardan biridagi test topshirish jarayonida yuzlab yigit-qizlar niqob kiyib qatnashdilar. Soyada o`tirganlar uchun ob-havo qulay edi, boshqa sinovchilar o`zlarini to`g`ridan-to`g`ri quyosh nurlaridan himoya qilish uchun kiyim va qog`ozlardan foydalanishdi» deb yozadi nashr.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1