1

O`zbekistonda iqtisodiy o`sishni tiklash bo`yicha amaliy harakatlar rejasi tasdiqlandi

Jamiyat 04.09.2020, 09:54
O`zbekistonda iqtisodiy o`sishni tiklash bo`yicha amaliy harakatlar rejasi tasdiqlandi

“2020-2021 yillarda iqtisodiy o`sishni tiklash va iqtisodiyot tarmoqlari hamda sohalarida tizimli tarkibiy islohotlarni davom ettirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Hukumat qarori (526-son, 29.08.2020 y.) qabul qilindi. Bu haqda huquqiy axborot kanalida ma`lum qilindi.

 Qaror bilan 2020-2021 yillarda O`zbekistonda iqtisodiy o`sishni tiklash va tizimli tarkibiy o`zgarishlarni davom ettirish bo`yicha amaliy harakatlar rejasi tasdiqlandi.

 Amaliy harakatlar rejasi 2 bosqichda amalga oshiriladi:

1-bosqich – 2020 yil oxirigacha bo`lgan davrni o`z ichiga olib, tegishli chora-tadbirlarning bajarilishi natijasida yalpi ichki mahsulotning o`sish ko`rsatkichi 102,2 foiz (dastlabki prognoz 105,5 %)ni tashkil etishi kutilmoqda.

2-bosqich – 2021 yilda amalga oshirilib, 5–5,5 foiz barqaror iqtisodiy o`sish sur`atlarini ta`minlaydigan, 2020-2021 yillar davomida koronavirus pandemiyasining oqibatlarini moslashtirish bilan tizimli islohotlarni davom ettirishga qaratilgan choralarni o`z ichiga oladi.

Amaliy harakatlar rejasiga muvofiq, 2020 yil oxirigacha bank sektorida ko`riladigan asosiy chora-tadbirlar, jumladan, quyidagilardan iborat:

* majburiy zaxiralash shartlarini qayta ko`rib chiqish orqali tijorat baknlariga 2,2 trln so`m qo`shimcha likvidlik berish;

* koronavirus pandemiyasidan zarar ko`rgan korxonalarni 2020 yil 2-yarmida 17 trln so`m miqdorida aylanma mablag`lar bilan ta`minlash.

Aholi bandligini ta`minlash sohasidagi chora-tadbirlar doirasida 2020 yil yakuniga qadar, jumladan:

* “Yagona milliy mehnat tizimi” orqali 265,2 ming nafar ishsizlar bo`sh ish o`rinlariga joylashtiriladi;

* 301 ming kishi jamoat ishlariga jalb qilinadi;

* 53,6 ming kishi tadbirkorlik va uy-joy maydonlarini rivojlantirish, qishloq xo`jaligi, hunarmandchilik hamda tikuvchilik kooperativlarida a`zolik uchun subsidiyalar bilan ta`minlanadi;

* 42,8 ming kishi bepul tarzda kasb-hunarga o`qitiladi.  

Qaror bilan shuningdek, iqtisodiyotda tarkibiy islohotlarni tiklash va davom ettirish chora-tadbirlarini amalga oshirish bo`yicha “Yo`l xaritasi” tasdiqlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1