1

Koronavirus: 5 ta hududda kasallanish yana ko`paydi, ikki ayol vafot etdi

Jamiyat 04.09.2020, 10:02
Koronavirus: 5 ta hududda kasallanish yana ko`paydi, ikki ayol vafot etdi

2020 yil 4 sentyabr soat 10:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 42 903 (+106) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar qildi. 

Yangi kasallanish holatlarining 70 nafari Toshkent shahrida, 16 nafari Toshkent viloyatida, 10 nafari Namangan viloyatida, 7 nafari Samarqand viloyatida, 3 nafari Qashqadaryo viloyatida tana harorati ko`tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Yashnobod tumanida yashagan 62 yoshli R.T. (ayol) hamda Olmaliq shahrida yashagan 59 yoshli M.S. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda yurtimizda 40 176 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog`aygan.

Hozirda mamlakatimizda 2 391 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. Ulardan 351 nafari og`ir, 181 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1