1

Namanganda bir yil davomida 9 marotaba qoida buzgan 22 yoshli haydovchi bu safar o`zi va yana 3 nafar yo`lovchini halok qildi (foto)

Jamiyat 04.09.2020, 11:25
Namanganda bir yil davomida 9 marotaba qoida buzgan 22 yoshli haydovchi bu safar o`zi va yana 3 nafar yo`lovchini halok qildi (foto)

Bir yil davomida 9 marotaba qoida buzgan haydovchining rulda uxlab qolishi o`zi va yana 3 nafar yo`lovchining vafotiga sabab bo`ldi. Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda

Ma`lum bo`lishicha, bugun, 4 sentyabr kuni soat 05:00 larda, Namangan viloyati, Pop tumani hududidan o`tgan 4R 112 “Farg`ona halqa yo`li” avtomobil yo`lining 10-kilometrida haydovchi 1998 yilda tug`ilgan J.M. “Matiz” rusumli avtomobilda harakatlanayotib, boshqaruv vaqtida uxlab qolib, qarama-qarshi yo`nalishga o`tib ketib, qarshisidan kelayotgan haydovchi, 1987 yilda tug`ilgan I.O. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomobil bilan to`qnashgan.

Natijada, “Matiz” rusumli avtomobil xaydovchisi 22 yoshli J.M. hamda yo`lovchisi 23 yoshli S.X. va “Neksiya” rusumli avtomobil yo`lovchilari 45 yoshli I.M., 39 yoshli R.G`.lar og`ir tan jarohati olib voqea  joyida vafot etishgan.

“Neksiya” rusumli avtomobil xaydovchisi 33 yoshli I.O. va yo`lovchilari 23 yoshli Sh.S., 22 yoshli N.A.lar tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilganlar.

Mazkur YTH yuzasidan Pop tumani IIB huzuridagi TB tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o`limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma`lumot o`rnida, “Matiz” rusumli avtomobil haydovchisi J.M. bir yil davomida 9 marotaba, “Neksiya” rusumli avtomobil haydovchisi I.O. 1 marotaba qoidabuzarlik sodir etgan.

Barcha yo`l harakati qatnashchilaridan charchoq holatida transport vositasini boshqarmasliklarini, o`zi va o`zgalar hayotini xavf ostiga qo`ymasliklarini so`rab qolamiz, deyiladi xabarda. 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1