Xorijiy oliy ta`lim muassasalaridan respublika oliy ta`lim muassasalariga o`qishni ko`chirish bo`yicha o`tkaziladigan maxsus sinov (onlayn test)ni o`tkazish joriy yilning 5-6 sentyabr kunlariga belgilandi.
Hozirgi kundagi pandemiya holatlari, karantin cheklovlari sababli belgilangan muddatlarda maxsus (onlayn test) sinovlarda ishtirok etish uchun xorijiy davlatlardan etib kela olmasligi to`g`risida talabalar va ularning ota-onalaridan ko`plab murojaatlar (jumladan, og`zaki) kelib tushmoqda.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda:
- belgilangan muddatlarda o`qishini ko`chirish bo`yicha ro`yxatdan o`tgan ammo xorijiy davlatlardan etib kel olmaganligi sababli joriy yilning 5-6 sentyabr kunlari o`tkaziladigan maxsus (onlayn test) sinovlarda ishtirok eta olmaydiganlar uchun oktyabr oyining birinchi o`n kunligida maxsus (onlayn test) sinovlari o`tkaziladi.






