Davlat test markazi Oliy ta`lim muassasalariga o`qishga kirish uchun o`tkazilayotgan test sinovlari to`g`risida 3 sentyabr kuni yakuniga ma`lumot berdi
Respublikadagi 65 ta ob`ektda (48 ta stadion va 17 ta hiyobonda) test sinovlari 1-smenada soat 08.00 da boshlanib, 11.00 da tugadi va 2-smenada 17.00 da boshlanib, 20.00 da tugadi.
Namangan viloyatida ob-havo tufayli, 2-smenada imtihon soat 18.30 da boshlanib, 21.30 da tugadi.
⠀
Test sinovlarida bir kunda ishtirok etishi rejalashtirilgan 117 919 nafar abiturientdan 112 103 nafari – 95,1 % qatnashdi.
6 nafar abiturientning tana harorati 37⁰ C dan yuqori bo`lganligi sababli, ularga ishtirok etishga ruxsat berilmadi.
Jami 5 695 nafar abiturient test sinoviga kelmadi.
40 nafar abiturient hududga kirish joyida: 28 nafari telefon, 3 nafari shpargalka, 9 nafari boshqa abiturient o`rniga kirmoqchi bo`lgani uchun chetlatildi.
75 nafar abiturient imtihon jarayonida:
62 nafari telefon va elektron qurilmalar,
7 nafari shpargalka, 4 nafari test materiallarini olib chiqib ketishga harakat qilgani, 2 nafari boshqa shaxsning o`rniga kirgani uchun chetlatildi.
⠀
Namangan, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarida boshqa abiturient o`rniga kirmoqchi bo`lgan 6 nafar “soxta abiturientlar” jarayondan chetlatilib, Ichki ishlar vazirligi xodimlari tomonidan belgilangan tartibda choralar ko`rildi.
Test sinovlarini o`tkazish jarayonida hech qanday ko`ngilsiz hodisalar ro`y bermadi.
04.09.2020 08:50
Kirish imtihonlarining 2- kuni: IIV 6ta soxta abiturientga chora ko`rdi






