Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax shahar tug`ruqxonasida farzandli bo`lgan fuqaro Aziza Ortiqovaning videomurojaati joylashtirildi. Unda ayol hamshiraning mas`uliyatsizligi va beparvoligi sabab farzandining ahvoli og`irlashgani haqida shikoyat qilgan.
Jizzax viloyati sog`liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmatining axborot berishicha, Jizzax shahar tibbiyot birlashmasi va Jizzax shahar akusherlik kompleksi ma`muriyatidan tashkil topgan ishchi guruh tomonidan ushbu murojaat o`rganilgan.
O`rganish natijasida fuqaro Aziza Ortiqovaning arizasida bayon etilgan e`tirozlar o`z tasdig`ini topgan.
Shu munosabat bilan, Jizzax shahar akusherlik kompleksi o`z ishiga sovuqqonlik bilan qaragan chaqaloqlar hamshirasi Munira Hamroqulova bilan tuzilgan mehnat shartnomasining 2020 yil 02-sentyabrdan e`tiboran bekor qildi.






