Toshkentda Chilonzor tumani, 6-mavzesida vaqtinchalik yashab kelayotgan Turkiya fuqarosi 55 yoshli N.E.,ni uyida farroshlik qilib kelayotgan 28 yoshli .K. (ayol), 31 avgust kuni soat 18:00 dan 19:00 gacha bo`lgan vaqt oralig`ida uni uyini "o`marib" ketadi.
IIV huzuridagi Tergov departamentining xabar berishicha, ayol Turkiya fuqarosini 7.000.000 so`mi va bahosi 3.500.000 so`mga teng bo`lgan “Cartier” rusumli erkaklar qo`l soatini o`g`irlab, N.E.,ga jami 10.500.000 so`m miqdorida moddiy zarar etkazib, hodisa sodir bo`lgan joydan yashiringan.
Hodisa sodir bo`lgan joydan jami 15 dona skotch bo`laklariga qo`l barmoq izlari olingan hamda tergov oldi tekshiruv harakatlari davomida K.K.,dan 1.000.000 so`m miqdoridagi naqd pullar va N.E.,ga tegishli bo`lgan “Cartier” rusumli erkaklar qo`l soati ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Holat yuzasidan Chilonzor tumani bo`yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan, K.K. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.
Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.






