3 sentyabrdan e`tiboran O`zbekiston Hukumati Janubiy Koreyani "Yashil hudud" dan o`chirib "Qizil hudud" toifasiga kiritdi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi ma`lum qildi. Shu sababli O`zbekistonga ketuvchilar uchun (O`zbekiston fuqarolari ham) quyidagi o`zgarishlar kiritildi:
1. Barcha O`zbekistonga uchib ketuvchilar eng ko`pi bilan 72 soat avval olingan PSR testi (SOVID-19 yo`qiigini tasdqilovchi analiz) ni topshirishi shart. Aks holda reysga chiqarilmaydi/O`zbekistonga kiritilmaydi.
2. O`zbekistonga Koreyadan keluvchi barcha fuqarolar (chet elliklar ham) 14 kunlik karantinga olinadi (Hotel yoki uyida)
3. O`zbekistonga Inchon Aeroporti orqali (transfer qilib) boshqa davlatdan "Yashil hududdan" kelayotgan bo`lishidan qat`iy nazar Inchon aeroportida tranzit qilgani uchun 1-banddagi PSR testi va karantin shartlari qo`llaniladi.






