1

Samarqandda YPX inspektoriga bo`ysunmay harakatlanishda davom etgan haydovchi 6 sutkaga qamaldi

Jamiyat 04.09.2020, 19:59
Samarqandda YPX inspektoriga bo`ysunmay harakatlanishda davom etgan haydovchi 6 sutkaga qamaldi

YPX inspektorlariga bo`ysunmay o`zi va o`zgalar hayotiga xavf solib transport vositasini boshqargan haydovchi 6 sutkaga qamaldi Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Voqea 2020 yilning 3 sentyabrida soat taxminan 23:45 larda sodir bo`lgan. Samarqand shahar “Qo`shhovuz” ko`chasida yashovchi, 2001 yilda tug`ilgan N.Toshpo`latov Samarqand shahar “M.Ulug`bek” ko`chasi bo`ylab o`ziga tegishli Neksiya-2 rusumli avtomashinani boshqarib kelayotgan vaqtida Samarqand viloyati IIB YHXB inspektori tomonidan unga to`xtash ishorasi berilgan.  

Haydovchi YPX inspektorining qonuniy talablariga bo`ysunmay, harakatni davom ettiradi.  

Shubhali bo`lgan ushbu transport vositasiga Samarqand shahar “Beruniy” va “M.Ulug`bek” ko`chalari chorraxasida xizmat o`tayotgan YPX inspektori tomonidan ham to`xtash ishorasi berilishiga qaramasdan, haydovchi yana YPX inspektorlarining talabini bajarmasdan keskin harakatlanishda davom etadi.

Haydovchining shaxsiga tezkorlik bilan aniqlik kiritildi va qo`lga olindi.  

Uning harakatlarida O`zbekiston Respublikasi MJtKning 183, 194, 195-moddalarida ko`rsatilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjudligini inobatga olib, belgilangan tartibda ma`muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi va to`plangan hujjatlar ko`rib chiqish uchun Samarqand shahar Ma`muriy ishlar bo`yicha sudiga yuborildi.

Samarqand shahar Ma`muriy ishlar bo`yicha sudi tomonidan huquqbuzarga nisbatan olti sutka ma`muriy tartibda qamoq jazosi tayinlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1