AsosiyJamiyat

Toshkent to`qimachilik va engil sanoat institutida 37 nafar abiturient ijodiy imtihonga kelmadi

'Toshkent to`qimachilik va engil sanoat institutida 37 nafar abiturient ijodiy imtihonga kelmadi'ning rasmi

Bugun, 4 sentyabr kuni Toshkent to`qimachilik va yengil sanoat institutida alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga kirish ijodiy imtihonlari o`tkazildi.  

Yengil sanoat texnologiyasi va dizayn fakultetining kostyum dizayni va poyabzal, aksessuarlar dizayni yo`nalishlariga 50 o`rin uchun 576 nafar talabgor hujjat topshirgan.  

Ijodiy imtihonning ikkinchi kunida 186 nafar abiturient kelishi belgilab qo`yilgan edi. Ularning 37 nafari imtihonlarga kelmagan. Kasalligi yoki boshqa uzrli sabablarga ko`ra imtihonga kelolmagan abiturientlarga  sinovlar to`liq yakunlangach, qayta imtihon o`tkaziladi.

Institutdagi sinovlar o`tkazilayotgan 7 ta auditoriyaga kameralar o`rnatilib, jarayonlar institut sayti orqali to`g`ridan-to`g`ri ko`rsatilmoqda.  

Ijodiy imtihonlar shu yilning 9 sentyabr kuniga qadar davom etadi.  

Ma`lumot uchun, 2020-2021 o`quv yilida Toshkent to`qimachilik va engil sanoat institutiga kunduzgi va sirtqi ta`lim shakllarida 12 ta bakalavriat ta`lim yo`nalishiga 1250 nafar talaba qabul qilinadi. Qabul ko`rsatkichlari so`nggi uch yil ichida uch barobarga ortgan. 

    Boshqa yangiliklar