1

Bolalarga tarqatilayotgan moddiy yordam nega aynan 500 ming so`mdanligiga mas`ullar izoh berdi

Jamiyat 05.09.2020, 00:47
Bolalarga tarqatilayotgan moddiy yordam nega aynan 500 ming so`mdanligiga mas`ullar izoh berdi

26-27 avgust kunlari Navoiy viloyatiga qilgan safarimiz chog`ida viloyat hokimining 1-o`rinbosari Odil Xasanov shu kunlarda nogironligi bo`lgan, “temir daftar”ga kiritilgan va boquvchisini yo`qotgan oilalarning 16 yoshgacha bo`lgan farzadlari uchun tarqatilayotgan moddiy yordamning nega aynan 500 ming so`mdan ekanligi haqida hisob-kitobni taqdim etib, mazkur moddiy yordamning Navoiy viloyati misolidagi statistik ma`lumotlari bilan bo`lishdi.

Nega aynan 500 ming so`m? 

500 ming so`mlik moddiy yordam 16 yoshgacha bo`lgan bolalarning ehtiyojlaridan kelib chiqib, aniq hisob-kitoblar asosida belgilab olingan. Qaror loyihasi tayyorlanish jarayonida barcha mutasaddi idoralar va vakillar moddiy yordam summasi bo`yicha o`z takliflarini berishib, 500 ming so`mlik to`xtamga kelishgan. Nima uchun 500 ming so`mdan? Hisob-kitoblarga ko`ra, 1-3 sinflardagi bolalar ehtiyojlari uchun 250 000 so`m, 3-5 sinflar uchun 386 000 so`m, 5-7 sinflar uchun 652 000 so`m hamda 7-9 sinflar uchun 783 000 so`mdan sarflanishi nazarda tutilib, bu miqdorlarni umumlashtirib, o`rtacha qiymatda 500 ming so`mdan olingan”, - deydi Odil Xasanov biz bilan suhbatda.

Navoiy viloyati misolida

— Navoiy viloyatida 34 410  nafar 16 yoshga to`lmagan bolalarga 17 mlrd. 205 mln. so`m ajratilgan bo`lib, shundan 12 mlrd. 497,5 million so`m mablag`lar “temir daftar”ga kiritilgan 14 835 ta oilalarning 24 995 nafar 16 yoshga to`lmagan bolalariga, shuningdek, 2 764 nafar boquvchisini yo`qotganlik pensisini oluvchi oilalarning 3 963 nafar 16 ga to`lmagan bolalariga 1 mlrd. 981,5 mln. so`m, 656 ta boquvchisini yo`qotganlik nafaqasini oluvchi oilalarning 994 nafar 16 yoshga to`lmagan bolalariga 497 mln. so`m hamda 4 458 nafar 16 yoshga to`lmagan nogironligi bo`lgan bolalarga beriladi.

Mablag`lar 2 xil jamg`armalardan tarqatiladi

— Bir tomonini hisobga olish kerak. Agar “temir daftar”ga kiritilgan oilalarda boquvchisini yo`qotganlar yoki nogironlari bo`lsa, ular 500 so`mdan bir martalik yordam pulini Pensiya jamg`armasi hisobidan oladi, qolganlar esa Mahalla jamg`armasi hisobidan oladi. Chunki yo`nalish 2 ta. Qayta to`lov bo`lib qolmasligi uchun bu moddiy yordamlar oldin boquvchisini yo`qotgan yoki nogironligi bo`lgan 16 yoshgacha bolalarga tarqatiladi. Keyin bu ro`yxat mahalla idolalarga taqdim qilinadi. Mahalla idoralarida esa 500 mingdan so`mdan pul olganlar Mahalla jamg`armasi hisobidagi ro`yxatdan chiqarilib, qolganlarga tarqatiladi. 

 

Sardorbek Rahmonqulov suhbatlashdi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1