1

3 sentyabrdagi test sinovlarining natijalari e`lon qilindi

Jamiyat 05.09.2020, 09:11
3 sentyabrdagi test sinovlarining natijalari e`lon qilindi

Davlat test markazi 3 sentyabrdagi test sinovlarining natijalari e`lon qilingani haqida ma`lum qildi.

O`z natijalarini bilmoqchi bo`lganlar quyidagi tushuntirishlarni diqqat bilan o`qisin. 

Abiturient ruxsatnomasining pastki o`ng burchagida QR kod bor. Ana o`sha QR kod ostiga maxsus havola (link) yashiringan bo`ladi. O`sha havola ochilsa, abiturientning test natijasi ko`rinadi.

QR kodni qanday o`qish mumkin?

Hozirgi zamonaviy smartfonlarning deyarli barchasida QR kodni o`qish uchun telefon kamerasining o`zi kifoya qiladi. Alohida qanaqadir programma o`rnatish shartmas. Shunchaki telefon kamerasini yoqing va abiturient ruxsatnomasining pastki qismidagi QR kod ustiga kamerani olib boring. Shunda telefon ekranida yozuv paydo bo`ladi va abitur.dtm.uz saytidagi maxsus uzun havola chiqib keladi. O`sha havolani brauzer orqali ochsangiz, natijangizni ko`rish mumkin bo`ladi.

 Agar mabodo telefoningiz kamerasini QR kod ustiga olib borganingizda ekranda hech qanday o`zgarish bo`lmasa, unda QR kod o`qiydigan maxsus ilova yuklab olishingiz kerak bo`ladi. Masalan, mana dasturni yuklab olishingiz mumkin:

https://play.google.com/store/apps/details?id=tw.mobileapp.qrcode.banner&hl=en_US

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1